Qo'llanma
Telegram bot
Telegram bot yozadigan programmist
O'zbekistonda mijozning telefonida eng ko'p ochiladigan ilova — Telegram. Shuning uchun bot ko'pincha saytdan ham tezroq daromad keltiradi: odam hech qayerga o'tmasdan, tanish interfeys ichida buyurtma beradi.
Narx
2 mln so'mdan
Muddat: 5–15 kun
Narxga nima kiradi
- Menyu, tugmalar va bosqichma-bosqich buyurtma stsenariysi
- Admin panel — buyurtmalar va foydalanuvchilar ro'yxati
- To'lovni bot ichida qabul qilish
- Ommaviy xabar yuborish (rassilka)
- Sayt yoki CRM bilan bog'lash
- Serverga joylashtirish va 24/7 ishlashini ta'minlash
Ish qanday boradi
Bog'lanasiz
Telegram orqali yozasiz. Nima kerakligini o'z so'zingiz bilan aytasiz — texnik atamalar shart emas.
Narx va muddat
24 soat ichida aniq narx, muddat va nima kirishi yozilgan taklifni olasiz. Bu bosqich bepul.
Ishlab chiqamiz
Har hafta ish natijasini ko'rsatamiz. Loyiha yakunida kod, domen va hosting sizga topshiriladi.
Ko'p beriladigan savollar
Bot uchun ham server kerakmi?
Ha, bot doimiy ishlashi uchun server kerak. Oddiy bot uchun oyiga 50–150 ming so'mlik VPS yetarli.
Botni saytga ulash mumkinmi?
Albatta. Ko'p mijozlarimizda buyurtma saytdan tushadi, bildirishnoma esa botga keladi — yoki teskarisi.