Qo'llanma
Mobil ilova
Mobil ilova dasturchisi
Mobil ilova — doimiy mijozlari bor biznes uchun. Agar odam sizdan oyiga bir necha marta xarid qilsa yoki xizmatingizdan muntazam foydalansa, ilova sotuvni sezilarli oshiradi. Bir martalik xarid uchun esa ko'pincha sayt yoki bot yetarli — buni ochiq aytamiz.
Narx
20 mln so'mdan
Muddat: 45–120 kun
Narxga nima kiradi
- Android va iOS uchun bitta kod bazasi (React Native / Flutter)
- UI/UX dizayn va prototip
- Push-bildirishnomalar
- Ilova ichida to'lov
- Backend API va admin panel
- Play Market va App Store'ga joylashtirish
Ish qanday boradi
Bog'lanasiz
Telegram orqali yozasiz. Nima kerakligini o'z so'zingiz bilan aytasiz — texnik atamalar shart emas.
Narx va muddat
24 soat ichida aniq narx, muddat va nima kirishi yozilgan taklifni olasiz. Bu bosqich bepul.
Ishlab chiqamiz
Har hafta ish natijasini ko'rsatamiz. Loyiha yakunida kod, domen va hosting sizga topshiriladi.
Ko'p beriladigan savollar
Menga ilova kerakmi yoki sayt yetarlimi?
Agar mijoz sizga oyiga 2–3 martadan kam murojaat qilsa — mobil versiyasi yaxshi sayt yetarli. Ilova takroriy foydalanish, push-bildirishnoma va offline rejim kerak bo'lganda o'zini oqlaydi.
Ikkala platforma ham bir narxdami?
Biz React Native/Flutter ishlatamiz — bitta kod ikkala platformada ishlaydi. Shuning uchun iOS qo'shilishi narxni ikki barobar emas, taxminan 20–30% oshiradi.