Qo'llanma
CRM tizimi
CRM yozadigan programmist
Excel fayllar ko'payib ketganda, xodimlar «men aytgandim» deb bahslashganda va oy oxirida haqiqiy raqamni hech kim bilmaganda — CRM vaqti keldi. Biz tayyor CRM'ni sotmaymiz, aynan sizning jarayoningiz uchun tizim yozamiz.
Narx
12 mln so'mdan
Muddat: 30–90 kun
Narxga nima kiradi
- Mijozlar bazasi va aloqa tarixi
- Sotuv voronkasi (kanban) va vazifalar
- Rollar va ruxsatlar: direktor, menejer, omborchi
- Hisobotlar va dashboard
- Telegram/SMS bildirishnomalari
- Sayt, bot va telefoniya bilan integratsiya
- Xodimlarni o'qitish va qo'llanma
Ish qanday boradi
Bog'lanasiz
Telegram orqali yozasiz. Nima kerakligini o'z so'zingiz bilan aytasiz — texnik atamalar shart emas.
Narx va muddat
24 soat ichida aniq narx, muddat va nima kirishi yozilgan taklifni olasiz. Bu bosqich bepul.
Ishlab chiqamiz
Har hafta ish natijasini ko'rsatamiz. Loyiha yakunida kod, domen va hosting sizga topshiriladi.
Ko'p beriladigan savollar
Tayyor CRM (Bitrix24, amoCRM) o'rniga nega individual?
Tayyor CRM tez ishga tushadi, lekin jarayoningizni o'ziga moslashtirishga majbur qiladi va har oy abonent to'lovi oladi. Individual CRM qimmatroq boshlanadi, lekin 2–3 yildan keyin arzonroq tushadi va aynan sizning ish tartibingizga mos keladi.
Mavjud bazani ko'chirish mumkinmi?
Ha, Excel, Google Sheets yoki boshqa CRM'dan ma'lumotlarni ko'chirib beramiz.