Asosiy kontentga o'tish
Ppragrammist.uz

Korporativ sayt

Sayt yaratadigan programmist

Sayt — bu biznesingizning internetdagi ofisi. Mijoz sizni Google'dan yoki Instagram'dagi havoladan topadi va birinchi 5 soniyada ishonadimi yoki chiqib ketadimi — shu sahifa hal qiladi. Biz sayt yaratamiz: dizayn, matn, tezlik, mobil versiya va qidiruv tizimlariga moslash — hammasi bitta paketda.

Narx

3 mln so'mdan

Muddat: 7–20 kun

Narxga nima kiradi

  • Individual dizayn (shablon emas)
  • Mobil telefon va planshetga to'liq moslashuv
  • Admin panel — matn va rasmlarni o'zingiz almashtirasiz
  • Boshlang'ich SEO: meta teglar, sitemap, tezlik optimizatsiyasi
  • Domen va hostingni ulab berish
  • Telegram'ga ariza yuboradigan forma
  • 3 oy bepul texnik qo'llab-quvvatlash
Bepul maslahat olish

Ish qanday boradi

1

Bog'lanasiz

Telegram orqali yozasiz. Nima kerakligini o'z so'zingiz bilan aytasiz — texnik atamalar shart emas.

2

Narx va muddat

24 soat ichida aniq narx, muddat va nima kirishi yozilgan taklifni olasiz. Bu bosqich bepul.

3

Ishlab chiqamiz

Har hafta ish natijasini ko'rsatamiz. Loyiha yakunida kod, domen va hosting sizga topshiriladi.

Ko'p beriladigan savollar

Sayt necha kunda tayyor bo'ladi?

Oddiy landing page — 5–7 kun. Korporativ sayt — 10–20 kun. Katta katalog yoki ko'p tilli sayt — 3–6 hafta. Muddat sizdan matn va rasmlar qanchalik tez kelishiga ham bog'liq.

Saytni keyin o'zim to'ldira olamanmi?

Ha. Har bir saytga admin panel beriladi — yangilik qo'shish, narxni o'zgartirish yoki rasm almashtirish uchun programmistga murojaat qilish shart emas.

Domen va hosting narxga kiradimi?

Birinchi yil uchun domen (.uz) va hosting odatda 600 ming – 1,2 mln so'm atrofida bo'ladi. Biz uni sizning nomingizga rasmiylashtiramiz — sayt sizniki bo'lib qoladi.